Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Qarorlar ijrosi amalga oshirilmoqda.
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi — aholi muammolari yechimida amaliy qadam
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda.
янв.21
Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni deputat nazoratiga oldi
янв.21
Ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda beriladigan kompensatsiya to‘lovlari soliqlardan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
янв.21
Mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 15-19-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi – muammolarning ijobiy yechimi
Muxtor Ilhomov tomonidan mahalladagi yoshlar va aholi muammolari o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan mahalladagi yoshlar va aholi muammolari o‘rganildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov tomonidan Uchtepa tumani hokimi B. Mamadjanov, tuman IIO FMB boshlig‘i, podpolkovnik A.Baxramov ishtirokida “Kurkamobod” mahalla fuqarolar yig‘inida Uchtepa tumanidagi mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni o‘rganish maqsadida joylarda uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganishlar davomida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’lim olish va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilinib, yoshlar yetakchilari faoliyatining samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, deputat tomonidan mahallalarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati, sport inshootlari va ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ham o‘rganildi.

📁 O‘rganish jarayonida ichki yo‘llar holati, ko‘chalarni yoritish tizimi, jamoat transporti qatnovi, chiqindilarni olib chiqish, liftlar faoliyati, boshqaruv kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar, elektr energiyasi, gaz, issiq va sovuq suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

📈 Bundan tashqari, hududda kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, jinoyatchilikning oldini olish hamda mahallalarda xavfsiz muhitni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

💬 Muxtor Ilhomov fuqarolar va yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat hamda takliflarni tinglab, ularning yechimi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.

💡 Ta’kidlanganidek, deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri aholi bilan bevosita muloqot qilish, hududlardagi mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali parlament hamda deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iboratdir.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10