Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Uchtepa tumanida kriminogen vaziyat va mahallalar xavfsizligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Uchtepa tumanida kriminogen vaziyat va mahallalar xavfsizligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

🦅 Uchtepa tumanida mahallalardagi kriminogen vaziyatni o‘rganish, jinoyatchilikning oldini olish hamda hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Kuni kecha Uchtepa tumanining “Tepaqo‘rg‘on” mahallasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Ubaydullayevich Shermatov boshchiligida qo‘mita a’zolari D.Mamajonova, J.Mamajonov, I.Tokareva hamda X.Xayitov ishtirokida o‘rganish o‘tkazildi.

🔼 O‘rganish davomida mahalladagi xavfsiz hudud tizimi, jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, hududga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari hamda profilaktika inspektorining faoliyati atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlarning samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi.

🇺🇿 Tadbir davomida Uchtepa tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari A.Ochilov tomonidan tumanda jinoyatchilikning oldini olish, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joy massivlarida yuzaga kelayotgan muammolar hamda mavjud holat bo‘yicha deputatlarga batafsil ma’lumot berildi.

📊 Shuningdek, o‘rganish jarayonida mahallalarni kriminogen vaziyatdan kelib chiqib “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratgan holda manzilli ishlash amaliyoti tumanda yetarli darajada yo‘lga qo‘yilmagani qayd etildi. Tahlillarga ko‘ra, tumanda qayd etilgan jinoyatlarning 319 tasi yoki jami jinoyatlarning 21 foizi mahalla hududida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar ekani ma’lum qilindi.

🇺🇿 Xususan, 1-sonli IIB hududidagi “Bog‘iston”, “Guzar” va “Nishabariq”, 2-sonli IIB hududidagi “Zargarlik” hamda “Tepaqo‘rg‘on”, 3-sonli IIB hududidagi “Diyorobod” va “Y.Sakkokiy”, shuningdek 4-sonli IIB hududidagi “Nayman” hamda “Shirin” mahallalarida oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni yuqoriligi sababli ushbu hududlar tumandagi kriminogen vaziyati og‘ir mahallalar sifatida qayd etildi. Mazkur o‘rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etib, tuman deputatlari tomonidan jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va takliflar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

⌛ Uchtepa tumanida Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan olib borilayotgan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 7