Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
#deputat_soʻrovi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘.Hamroyev tomonidan aholini qiynab kelayotgan bir qator dolzarb masalalar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish maqsadida tuman hokimining o‘rinbosari X.Bafoyev nomiga deputat so‘rovi yuborildi.
✔️Mazkur deputat so‘rovida saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, xususan, hududdagi infratuzilma holati, transformator o‘rnatish,  piyodalar yo‘lagini qurish, obodonlashtirish ishlari hamda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish bilan bog‘liq masalalar aks ettirildi.
✔️Deputat G‘.Hamroyev o‘z saylovchilari bilan doimiy muloqot olib borib, ularning murojaat va takliflarini o‘rganish asosida mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralarini ko‘rib kelmoqda. Deputat so‘rovi ham aholi manfaatlarini ta’minlash, hududdagi kamchiliklarni bartaraf etish va fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
✔️Ayni paytda mazkur masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli o‘rganish ishlari olib borilishi hamda aniq chora-tadbirlar belgilanishi kutilmoqda.
✔️alq deputatlari Jondor tumani Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, joylardagi muammolarni tizimli bartaraf qilish va fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasida ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4