Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Parklar holati deputat e’tiborida

Aholi uchun dam olish, hordiq chiqarish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan Bog’iturkon MFY hududida joylashgan park va yashil hududlarning holati 18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva tomonidan atroflicha o’rganildi. O’rganish jarayonida hududlardagi obodonlashtirish ishlari, ko’chatlar parvarishi, gulzorlar holati, yo’laklar va o’rindiqlarning sifatli o’rnatilgani, shuningdek, aholi uchun yaratilgan qulayliklar ko’zdan kechirildi.

Shu bilan birga, parklarda tozalikni ta’minlash, chiqindilarni o’z vaqtida olib chiqish, yoritish tizimi va xavfsizlik choralarining holatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va ko’rsatmalar berildi.

Deputat ta’kidlaganidek, aholining mazmunli dam olishi uchun qulay va obod muhit yaratish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, parklar holatini muntazam nazorat qilish, ularni yanada obod va ko’rkam maskanga aylantirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Bunday o’rganishlar esa hududlarda aholi farovonligi va turmush sifati oshishiga xizmat qiladi.

  

Slide 1 of 1