Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Kelajak poydevori: Maktab binosidagi yangi o‘zgarishlar deputat nazoratida

🔴Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-393-sonli qarori asosida olib borilayotgan ushbu loyihada mavjud 340 o‘rinli eski bino o‘rnida zamonaviy andozalarga mos keluvchi 360 o‘rinli yangi o‘quv binosini barpo etish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.

🔴O‘rganish davomida asosiy e’tibor qurilishning dastlabki bosqichidagi sifat darajasiga va loyiha hujjatlariga to‘liq amal qilinayotganligiga qaratildi.

🔴Xalq vakili tomonidan pudratchi tashkilot mutasaddilariga qurilish sur’atlarini yanada jadallashtirish va jarayonni har bir bosqichda tartibli tashkil etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

🔴Binoning belgilangan muddatlarda, ya’ni o‘quvchilar uchun o‘z vaqtida foydalanishga topshirilishi yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🔴Deputat qurilish ob’ektidagi ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan ham qiziqib, binoning har tomonlama mustahkam va xavfsiz bo‘lishi yuzasidan o‘z tavsiya hamda ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

✅Bu kabi amaliy sa’y-harakatlar farzandlarimizning bilimli bo‘lib kamol topishi va hududda ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi muhim qadamdir.

Slide 1 of 4