Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Uzumzor mahallasida yangi maktab qurilishi ko‘zdan kechirildi

🔴Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Sh.Boyqulov, viloyat Kengashi deputati G.Tangirova, tuman Kengashi deputatlari O.Maxmudov, Z.Ahmedova, A.Xamrayev hamda tegishli mas'ullar, mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.

🔴Tadbirlar davomida mahalla yettiligi tomonidan aholi murojaatlari bilan ishlash holati, ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish choralari, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda profilaktika va bandlik yo‘nalishidagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

🔴 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-2027-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-454-sonli qarori asosida hududni rivojlantirish dasturi ijrosiga e’tibor qaratildi.

🔴Ayni paytda mahallada 330 o‘rinli zamonaviy umumta’lim maktabi hamda keng sig‘imli sport zalini barpo etish ishlari jadal davom etmoqda.

🔴Qiymati 11 milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan ushbu yirik loyiha hududdagi ta’lim sifatini oshirish va aholi farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

🔴Loyiha hujjatlariga muvofiq, zamonaviy andozadagi mazkur ta’lim maskanining qurilish ishlari joriy yilning oktyabr oyida yakunlanishi belgilangan.

🔴Viloyat Kengashi va tuman Kengashi deputatlar tomonidan davlat dasturi doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi va ishlar sifati yuzasidan tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilandi.

Slide 1 of 5