Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Deputat mahallada Deputat nazorati: Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi va ularning ijtimoiy faolligi o‘rganildi

 Deputat nazorati:
Mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi va ularning ijtimoiy faolligi
o‘rganildi
 

Xalq deputatlari
Piskent tumani Kengashidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zLiDeP
deputatlik guruhi a’zosi, 6-Yangiobod saylov okrugi deputati I.Mullajonova
hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Iskandarov tomonidan mahalla
xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi joyida
o‘rganildi.
 

O‘rganishlar
davomida aprel oyi davomida mahallada xotin-qizlar bilan tizimli ravishda olib
borilgan ishlar va ularni qo‘llab-quvvatlash borasidagi natijalar tahlil
qilindi.
 

 Aprel oyida mahallada quyidagi yo‘nalishlarda
tizimli ishlar amalga oshirilgan:
 

Ijtimoiy ko‘mak:
Mahallada yashovchi ayollarning ijtimoiy holati to‘liq xatlovdan o‘tkazilib,
haqiqiy ehtiyojmand oilalarning ro‘yxati shakllantirildi. Muhtoj va notinch
oilalarga xonadonbay tashrif buyurilib, ularning muammolarini hal etish
bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.
 

Bandlik va
kasb-hunar: Ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning
bandligini ta’minlash maqsadida bepul o‘quv kurslari va imkoniyatlar haqida
keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
 

Oilaviy muhit va
profilaktika: Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish,
oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash va ajrimlarga yo‘l qo‘ymaslik
maqsadida mahalla faollari bilan birgalikda profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
 

Insoniylik va
e’tibor: Mahalladagi yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan ayollar
xonadonlariga kirilib, ularning holidan xabar olindi va zarur ijtimoiy
yordamlar ko‘rsatildi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/