Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Deputat mahallada Deputat nazorati: Mahallada chiqindilarni olib chiqib ketishdagi muammolar va aholi e’tirozlari o‘rganildi

 Deputat nazorati: Mahallada chiqindilarni olib chiqib ketishdagi muammolar va aholi
e’tirozlari o‘rganildi
 

Aholi yashash
joylarining tozaligi, sanitariya holatini yaxshilash va ekologik xavfsizlikni
ta’minlash doimiy deputatlik nazoratida.
 

Xalq deputatlari
Piskent tumani Kengashidagi XDP deputatlik guruhi a’zosi, 6-Yangiobod saylov
okrugi deputati I.Mullajonova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi
L.Iskandarov tomonidan mahalladagi mavjud vaziyat joyida o‘rganildi.
 

O‘rganish
davomida deputat va kotibiyat mas’uli mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan
suhbat o‘tkazdilar.
 

 Suhbat davomida aniqlangan tizimli muammolar: 

Hududda maishiy
chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish xizmati talab darajasida tashkil
etilmayapti;
 

Jadvalning
buzilishi va chiqindilarning to‘planib qolishi mahalla aholisining haqli
noroziligiga va e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
 

Deputat
I.Mullajonova ta’kidlaganidek: «Aholidan kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar
talab qilinar ekan, xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar ham o‘z majburiyatlarini o‘z
vaqtida va sifatli bajarishi shart. Chiqindilarning o‘z vaqtida olib
chiqilmasligi nafaqat aholi noroziligiga, balki mahallada antisanitariya holati
yuzaga kelishiga ham sabab bo‘ladi».
 

Mazkur dolzarb
muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish, maxsus texnikalar qatnovini yo‘lga
qo‘yish maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus korxona rahbariyatiga deputatlik
so‘rovi yuboriladigan va masala Kengash kotibiyati tomonidan nazoratga
olinadigan bo‘ldi.
 

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/