Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

🔵Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev tomonidan tumandagi Jarquduq mahallasida joylashgan 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

🎤O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat ta’minoti, gigiyena talablariga rioya etilishi hamda xodimlarning mehnat faoliyati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasa faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Bundan tashqari, deputat tomonidan muassasa xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining 2025 yil 3 fevralda qabul qilingan “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘RQ–1023-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. Unda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, sanitariya va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.

✅Bu kabi o‘rganishlar maktabgacha ta’lim muassasalarida sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash, shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5