Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala

Kun tartibidagi ikkinchi masala “Ochiq budjet” axborot portalida ovoz berish jarayonida g‘olib deb topilgan “Gulbahor” mahallasida “Yashil bog‘”  tashkil etish to‘g‘risida. Ekopolitsiya Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i I.Xaitovning hisoboti haqida.

Ekoplitsiya Termiz tuman bo‘limi boshlig‘i I.Xayitov tomonidan ekologiya sohasi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi. Ma’lum qilinishicha, 2026-yil bahorgi ko‘chat ekish mavsumida tumanda 392 ming dona manzarali va mevali ko‘chat ekish rejasi 103 foizga bajarildi. Hudud iqlimiga mos tut, jiyda, gujum va katalpa kabi daraxt ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, chang bo‘ronlarining oldini olish maqsadida “Yangi obod” mahallasi chegaraoldi hududida 20 gektar maydonda manzarali daraxtlar ekildi.Bundan tashqari, “Gulbahor” mahallasida 1 gektar yer maydonida “Yashil jamoat parki” tashkil etish loyihasi “Ochiq budjet” portalida 822 ta ovoz bilan g‘olib deb topilgani ta’kidlandi.