Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Yashnobod tumanidagi “Hilol”, “Uchchinor” va “TashIsti” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #deputatlar_nazorati #yashnobod #mahalla #fuqarolar_bilan_uchrashuv

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati D.Ravshanbekov, Yashnobod tumani hokimi B.Rahmonqulov hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida Yashnobod tumanidagi “Hilol”, “Uchchinor” va “TashIsti” mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 Tashrif davomida mazkur hududlarda avval yuborilgan deputatlik so‘rovlari ijrosi yuzasidan Toshkent shahar Kommunal bosh boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, uchrashuvlarda Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasidagi vazifalar ham muhokama qilinib, xususan infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy sohani rivojlantirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholi bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, “Hilol” MFY hududida joylashgan 342-maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim sifati hamda ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, maktab hududida sport infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

“Uchchinor” va “TashIsti” MFYlarda kommunal xizmatlar sifatini oshirish, hududlarni obodonlashtirish, ichki yo‘llar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yaxshilash hamda aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
❗️ Uchrashuv yakunida bildirilgan takliflar va mavjud masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ijro jarayonlari nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash
Slide 1 of 5