Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navbahor” mahallasida joylashgan 48-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 9-may - “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Uch avlod uchrashuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Boyovut tumanidagi XDP faoli, mehnat faxriysi Rabbimqul Ibragimov, Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti vakili, maktabning sobiq bitiruvchisi polkovnik G‘ofurjon Hamroqulov, mehnat faxriylari Berdiboy Normurodov hamda Obid Mirzayev, Ismoil Buxoriy jome masjidi imom-xatibi Baxromxon domla, shuningdek, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumaboy Rahmonqulovlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida faxriylar va mutaxassislar yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, hayotiy tajribalari, mehnat faoliyati hamda Vatanga sadoqat, tinchlikning qadri haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar va bayram dasturi mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Mazkur uchrashuv yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, katta avlod vakillarining boy hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Slide 1 of 6