Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Sel oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
Saylov okrugida ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘roviga javob xati olindi.
янв.21
“Yuksak ma’rifatli avlod — Uchinchi Renesans poydevori!”
янв.21
Boysunda aholi uchun ommaviy bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etildi
янв.21
Sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
DMTT faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 18-22-may kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputalik so‘rovi orqali ko‘tarilgan masala nazoratga olindi
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
Yangi hayot mahallasida yo‘llar sifatli qayta tiklanmoqda

Yangi hayot mahallasida yo‘llar sifatli qayta tiklanmoqda

Aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish va hudud infratuzilmasini yaxshilash maqsadida Termiz tumanida tizimli ishlar davom etmoqda.
Xususan, “Yangi hayot” MFY At-Termiziy ko‘chasida uzoq vaqt xizmat qilib, yaroqsiz holga kelib qolgan eski yo‘l qoplamasi o‘rniga yangi va sifatli asfalt yotqizish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarning ketish jarayoni va qurilish sifati xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Shafoatova tomonidan bevosita joyiga chiqqan holda nazorat qilinmoqda.

Jarayon davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
Eski va yaroqsiz bo‘lib qolgan yo‘l qatlamini to‘liq yangilash;
Asfalt yotqizish ishlarining texnik talablarga muvofiqligi;
Harakatlanish uchun maksimal qulaylik va xavfsizlik yaratish.

Deputat G.Shafoatova qurilish ishlari bilan tanishar ekan, yo‘llarning sifati aholi farovonligi uchun muhim omil ekanligini va har bir metr yo‘l qat’iy nazorat ostida ekanligini ta’kidladi.

Slide 1 of 5