O‘rganish davomida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar bildirishdi. Xususan, Xo‘ja G‘unjoyish MFY hududida bir nechta elektr sim ustunlari eskirib, avariya holatiga kelib qolganligi aniqlandi.
Ayniqsa, 2 ta elektr ustuni o‘ta xavfli holatda bo‘lib, sinib tushish xavfi mavjud.
Mazkur holat fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirayotganini inobatga olib, mas’ul tashkilotlardan quyidagilar so‘raldi:
Nosoz va eskirgan elektr ustunlarini o‘rganib chiqish
Xavfli 2 ta ustunni zudlik bilan yangisiga almashtirish
Hududdagi elektr tarmog‘ini xavfsiz holatga keltirish
Ushbu deputatlik so‘rovi bo‘yicha amaldagi qonunchilikka muvofiq javob berilishi kutilmoqda.