Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi
✅ Pasurxi mahallasidagi mavjud infratuzilmani yanada yaxshilash va aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tuman Kengashiga O‘zMTDP dan saylangan deputat N.S.Sharipov tomonidan tuman obodonlashtirish bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ Mazkur so‘rovda mahallada hashar yo‘li bilan qurilayotgan ko‘prik uchun plitabeton ajratishda maliy yordam so‘ralgan.
✅ Deputatlik so‘rovida ushbu masalani qisqa muddatda o‘rganib chiqish, amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda javob taqdim etish so‘raldi.
🌐🌐🌐 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashi