Deputatlar tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari hamda oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida deputatlar tomonidan hududlarda manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G.Shafoatova o‘rganishlar davomida “Yangihayot” mahallasida joylashgan “Baradaran Satari” MChJ tomonidan jo‘ja yetishtirish va inkubatsiya sexini tashkil etish loyihasi holati ham ko‘zdan kechirildi. Natijada mazkur loyiha doirasida rejalashtirilgan ishlar hozirgi kunga qadar boshlanmaganligi aniqlangan.
Shu munosabat bilan loyihaning bugungi kundagi holati, ishlar nega boshlanmaganligi sabablari hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur masala deputatlar tomonidan nazoratga olingan.