📍 "Taraqqiyot" mahallasidagi dolzarb masalalar deputatlar e'tiborida.
Nurafshon shahar “Taraqqiyot” mahallasi aholisining yashash sharoitlarini yaxshilash, xususan, ko'p qavatli #uylarda_issiq_va_sovuq_suv, elektr energiyasi hamda tabiiy gaz ta’minotidagi muammolarni o‘rganish maqsadida ishchi guruhi hududda bo‘ldi.
O‘rganishda quyidagilar ishtirok etdi:
🔹 Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati A.Turdiyev;
🔹 Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev va A.Churatayeva;
🔹 Yoshlar maslahati guruhi raisi I.Omanboyev.
Muloqotlar davomida aholi tomonidan ko‘p vaqtdan buyon ko‘tarib kelinayotgan infratuzilma muammosi atroflicha muhokama qilindi. Viloyat Kengashi deputati A.Turdiyevga Yoshlar maslahati guruhi raisi I.Omanboyev ushbu masalani hal etish uchun Viloyat va shahar qurilish bo‘limlariga deputatlik so‘rovi chiqarish orqali choralar ko‘rish taklifini bildirdi.