Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Teng saylov huquqi
янв.21
Saylov okruglarida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari deputatlar nazoratida
янв.21
Mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlar deputatlar tomonidan o‘rganildi.
янв.21
Sariosiyo mahallasida ijtimoiy ob’ektlar faoliyati o‘rganildi va saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylov okrugidagi ijtimoiy muammo yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Mahalla aholisini qiynab kelayotgan yo‘l masalasida deputatlik so‘rovi chiqarildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tuman kengashining navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda
XALQ DEPUTATLARI KONIMEX TUMAN KENGAShI RAISI - TUMAN HOKIMI RUSLAN RO'ZIYEVNING 30-IYUL "XALQLAR DO‘STLIGI KUNI" MUNOSABATI BILAN TUMAN AHOLISIGA BAYRAM TABRIGI YO‘LLADI

Assalamu alaykum,

qadrli tumandoshlar!

30-iyul - “Xalqlar do‘stligi kuni” munosabati bilan tumanimizda istiqomat qilayotgan barcha qardosh millat vakillari va tumandoshlarimizni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etaman!

Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari yakdil, ahil bo‘lib yashayotgani, har bir insonning hayotiy manfaatlari hamda ezgu maqsadlari ro‘yobi uchun teng va keng imkoniyatlar yaratib berilgani alohida e’tirofga hamda ibratga loyiq. Milliy madaniy markazlarning samarali faoliyat olib borishi uchun har tomonlama ko‘maklashilayotgani turli millat vakillarining o‘z ona tili, madaniyati, san’ati, hunarmandchiligi va milliy qadriyatlarini rivojlantirishida muhim o‘rin tutmoqda.

Yana bir bor, bugungi bayram bilan tabriklab, Siz, azizlarga mustahkam sog‘lik, tumanimiz, yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi olijanob faoliyatingizda yangi zafarlar, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman!

Barchamiz uchun yagona Vatan bo‘lgan jonajon O‘zbekistonimiz doimo omon bo‘lsin, hamisha gullab-yashnasin!