35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

YOSH DEPUTAT — BIR MUAMMO”: MUAMMODAN AMALIY YECHIMGACHA

YOSH DEPUTAT — BIR MUAMMO”: MUAMMODAN AMALIY YECHIMGACHA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi faoliyatini yanada rivojlantirish va yoshlarning jamoatchilik boshqaruvidagi ishtirokini kuchaytirish maqsadida yangi tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
📌 “Yosh deputat — bir muammo” loyihasi — Pastdarg‘om tajribasi sifatida yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.
Loyiha doirasida Yoshlar maslahati guruhi a’zolarining har biri o‘z hududidan kamida bitta dolzarb muammoni aniqlaydi va uning yechimi bo‘yicha taklif ishlab chiqadi.
Muammolar quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
🔹 yoshlar bandligi va ishsizlik;
🔹 ta’lim;
🔹 sport;
🔹 yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
🔹 infratuzilma;
🔹 tadbirkorlik;
🔹 ekologiya.
Eng muhimi, aniqlangan muammo shunchaki qayd etib qo‘yilmaydi. U “Muammo — taklif — mas’ul — muddat — natija” tamoyili asosida nazoratga olinadi.