35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumanida mavjud zaxira-imkoniyatlarni ishga solish va tizimli muammolarni bartaraf etish yuzasidan Kotbiyat mudiri X.Berdiyarova, deputat A.Odilov, tuman hokimining birinchi o‘rinbosari B.Usmanov hamda tumani hokimining oʻrinbosari-investitsiyalar, sanoat va savdo shuʼbasi boshlig‘i B.Abdumalikovlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda yo‘l xaritada belgilangan loyihalar:
🔵“Bekat” MFY joylashgan sobiq “Agrokimyo” OAJ ga tegishli umumiy maydoni 3,4 gektar bo‘lgan bino va inshootlari Davlat aktiv-larini boshqarish agentligi tomonidan 25,0 mlrd. so‘m miqdorida auksion savdolariga qo‘yilgani.
🔵“Muqumiy” MFY joylashgan “Baraka Paxta Teks” MCHJga tegishli boʻlgan bino -inshoatlarini auksion savdolariga chiqarish.
🔵“Bekat” MFY joylashgan “Prime Flour” MCHJ QK tomonidan sutkasiga 600 tonna bugʻdoyni qayta ishlash quvvatiga ega zamonaviy  un ishlab chiqarish majmuasi barpo etish.
🔵“Acwa power syrdaya” MCHJ tomonidan elektr energiya ishlab chiqarish korxona 2023 yilda Davlat roʻyxatidan oʻtkazilib,
80,0 gektar yer maydoni ajratilgan. Loyiha qiymati 1,2 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib va zarur infratuzilma bilan taʼminlash.
Mazkur hudud “Acwa power syrdaya” MCHJ uchun ajratilgan 89,2 gektar yer maydoning 19,0 gektar yer maydoni Boyovut tumaniga tegishli Shirin mahallasi hududida (UZKAD tizimida oʻtib qolgan) joylashgan boʻlib, ushbu yer maydonlarini kadastr xujjatlarini rasmiylashtirishda muammolar yuzaga kelmoqda.
🔵Tumandagi “Axmadiy” fermer xo‘jaligi tomonidan tashkil etiladigan Biogaz, elektr energiyasi va boyitilgan o‘g‘it ishlab chiqarish uchun chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining “Ekologiya” jamg‘armasi hisobidan 1.2 mlrd. so‘m mablag‘ ajratish.
🔵“Navbahor” MFY ga aholi tamorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlarini hosildor-ligini oshirish uchun jami 23 km masofadagi arig‘ va zovurlarni tozalash.
1) Mingterak qishlog‘i 8 km
2) Xalqobod qishlog‘i 5 km
3) Chashma qishlog‘i 10 km
4) Mingterak qishlog‘idagi yerlarni oqar suv bilan taʼminlash uchun 5 km masofadagi suv arig‘ini bitonlashtirish.
5) 16 ta vertikal quduqlarni tozalash. jami 6,4 mlrd soʻm mablag‘ talab etiladi.
🔵Tumanda Xitoy tajribasi asosida paxta yetishtirishni ko‘paytirish maqsadida tashkil etilgan "BOYOVUT GREEN FARM" MCHJ ga tegishli Sh.Rashidov xo‘jaligi hududida joylashgan
1.5 gektar maydondagi bino va inshootlar yer maydonini toifasini o‘zgartirish.
🔵“Mirishkor” mahallasi hududida joylashgan
“BOYOVUT PURE MILK” MCHJ tomonidani naslli qoramolchilikni rivojlantirish maqsadida ozuqa ekinlari yetishtirish uchun qo‘shimcha 2.0 ming gektar ekin maydonlari zarur.

Uchrashuvda ushbu korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda muammolarni bartaraf etish choralari yuzasidan tuman deputatlari hamda tuman hokimligi mas'ullari bilan joylarda o‘rganish ishlari olib borish belgilandi.

Slide 1 of 9