#KENGASH_FAOLIYATI_HAQIDA
Mustaqillik mahallasidagi serqatnov chorrahaga yangi svetofor o‘rnatildi
🏛 Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashining 19-Amir Temur saylov okrugi hududidagi Mustaqillik mahallasidan o‘tuvchi serqatnov chorrahaga yangi svetofor qurilmasi o‘rnatildi.
🔹 Ushbu chorrahada yuk avtomobillari va transport vositalari qatnovining keskin ortishi hamda harakatning tartibga solinmagani oqibatida tez-tez ko‘ngilsiz yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgan edi. Hudud aholisining xavfsizligini ta’minlash va ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida Farg‘ona shahar Kengashi deputati hamda shahar hokimligining amaliy sa’y-harakatlari bilan mazkur chorraha svetofor bilan ta’minlandi.
🔹 Amalga oshirilgan ushbu ishlar natijasida hududda transport vositalari va piyodalarning xavfsiz hamda tartibli harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratildi.
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi
✅ Telegram |✅ Facebook | 📹 YouTube | 🌐 Instagram |🇺🇿 E-kengash.uz