35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari D.Qurbonova va M.Jalolov doimiy komissiya yigʻilishida ishtirok etdi

Xalq deputatlari Andijon viloyati Kengashining Fan-ta'lim, sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi sessiya oldi yigʻilishida Andijon shahar Kengashi deputatlari D.Qurbonova va M.Jalolov ishtirok etdi.

Yigʻilishda Andijon viloyati Sogʻliqni saqlash boshqarmasining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglanib, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, birlamchi tibbiy yordamni takomillashtirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda sohada mavjud dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3