35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Markaziy dehqon bozorida goʻsht narxlari oʻrganildi

Aholini sifatli va hamyonbop goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Andijon shahar Markaziy dehqon bozorida goʻsht va goʻsht mahsulotlari narxlari oʻrganildi.

Jarayonda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Karimov hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Umarov bozor hududidagi savdo rastalarini koʻzdan kechirib, narx-navolar va mahsulotlar sifati bilan tanishdilar.

Hozirda bozorda goʻsht narxlari 95 ming soʻmdan 120 ming soʻmgacha sotilmoqda. Yaqin kunlarda Belarus Respublikasidan keltiriladigan sifatli goʻsht va goʻsht mahsulotlarining savdosi yoʻlga qoʻyilishi natijasida aholiga yanada hamyonbop narxlarda mahsulotlar taklif etilishi rejalashtirilgan.

Slide 1 of 6