Янгиликлар

Yoshlar kelajagi — tizimli nazoratda: "Shifokor" mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov 3-“Shifokor” saylov okrugi deputati O.Lapasova okrugiga qarashli “Shifokor” mahallasida bo‘lib, yoshlar yetakchisining ish faoliyatini atroflicha tahlil qildi.

⏺Mazkur nazorat-tahlil jarayoni Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” hamda O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida tashkil etildi.

💬Mahalladagi jami 846 nafar yoshlar xatlovdan o‘tkazilib, toifalarga ajratildi:

🟢"Yashil toifa": 638 nafar (band bo‘lganlar, o‘quvchi va talabalar);
🟢"Sariq toifa": 209 nafar (ishga yoki o‘qishga intilayotganlar);
🟢"Qizil toifa": 10 nafar (ijtimoiy himoyaga muhtoj, muammoli yoshlar).

💬Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

🟢“Yoshlar daftari” orqali manzilli ko‘mak: Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan 8 nafar yoshga ijtimoiy va moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Yana 2 nafar yosh “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🟢Bandlikni ta’minlash — ustuvor vazifa: Yil boshida aniqlangan 17 nafar ishsiz yoshning bandligi to‘liq ta’minlanib, shundan• 7 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 10 nafariga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun zarur asbob-uskunalar topshirildi.

💬"Yoshlar yetakchisining asosiy vazifasi — qog‘ozdagi hisobot emas, balki har bir yoshning hayotidagi ijobiy o‘zgarishdir. Ayniqsa, 'qizil toifa'dagi 10 nafar yosh bilan individual ishlash va ularni hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashish muhim vazifangizdir," — deya ta’kidladi kotibiyat mudiri.

🫥O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisiga "sariq" va "qizil" toifadagi yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 1