Янгиликлар

"Yulduz" mahallasidagi infratuzilma muammolari joyida o‘rganildi!
“Yulduz” mahallasida yoshlar yetakchisining faoliyati tahlil qilinganidan so‘ng, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar muammolarga manzilli yechim topish maqsadida bevosita hududga, ko‘chalarga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordilar.

💬Deputat va mutaxassis tomonidan ko‘chama-ko‘cha yurish davomida mazkur ko‘chada quyidagi kamchiliklar kuzatildi:

🟢Ta’mirtalab ichki yo‘llar: Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ichki yo‘lning ta’mirtalabligi avtotransport vositalari va piyodalar harakati uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda.

🟢Eskirgan va xavfli elektr simyog‘ochlar: Ko‘chada elektr simyog‘ochlar ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirganligi kuzatildi.

📌Aniqlangan barcha kamchiliklar deputat I.Shatovaning "murojaat daftari"ga batafsil qayd etildi.

🫥Mazkur muammolarni qonuniy hal etish, elektr tarmoqlarini yangilash va yo‘llarni ta’mirlash choralarini ko‘rish maqsadida shahardagi mas’ul mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarilishi belgilab olindi.

💬 "Aholimizning tekis yo‘llardan yurishi, xonadonlarida chiroq o‘chmasligi va xavfsiz muhitda yashashi — eng tabiiy huquqlaridir. Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidagi ushbu muammolarni bartaraf etishni deputatlik so‘rovlari orqali oxiriga qadar nazorat qilamiz," — dedi deputat I.Shatova.
Slide 1 of 3