Янгиликлар

Andijon shahar Kengashida doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 🏛️

Yig‘ilishda xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R.Ziyayev, kotibiyat mudiri B.Mo‘ydinov hamda kotibiyat mutaxassislari ishtirok etdi.

Kun tartibida:
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya;
96 ta qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
Aholi muammolarini mahalla yettiligi bilan birgalikda o‘rganish;
Saylov okruglarida uchrashuvlar o‘tkazishni tizimli davom ettirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, sessiyalarda ko‘rib chiqilayotgan masalalarni doimiy komissiyalar tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqishda mas’uliyatni yanada oshirish yuzasidan Kengash raisi tomonidan muhim fikr va takliflar bildirildi.

Xalq bilan muloqot, qonunlar targ‘iboti va hududiy muammolarni hal etish — asosiy ustuvor vazifa!

Slide 1 of 3