Hurmatli Prezidentimiz tomonidan yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb e’lon qilingani yurtimizda yosh avlodga qaratilayotgan e’tiborning yana bir amaliy ifodasidir. 👏
Mazkur tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida bugun xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati M.Jalolov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi O.Olimjonovlar Andijon shahridagi Transport texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida yoshlarga:
oliy ta’lim muassasalariga kirish jarayonlari,
kasb-hunar egallash,
tadbirkorlik faoliyatini boshlash,
davlat dasturlari doirasidagi imtiyoz va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, mehmonlar texnikum tomonidan tashkil etilgan tadbirda ham ishtirok etdilar.
Yoshlar — kelajagimiz bunyodkorlari!