Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Bahodir Latipov navbatdagi sayyor qabulida fuqarolarning murojaatlarini eshitdi.
Jumladan, Shamsiddin Husniddinovning yashash xonadonida chorvachilikni rivojlantirish orqali oila a’zolarining bandligini ta’minlash maqsadida 10 million so‘m mablag‘ ajratish haqidagi murojaati hamda chorvachilik yo‘nalishida yaxshi natija ko‘rsatgan G‘ayrat Raupovga 10 million so‘m kredit ajratish bo‘yicha murojaati qanoatlantiriladigan bo‘ldi.
Boshqa murojaatlar esa belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqiladi.