Янгиликлар

Тўрақўрғон

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Appaqov Muhammadjon navbatdagi sayyor qabulini “Sharq” mahallasida o‘tkazib, fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, fuqaro Nargiza Adasheva oilaviy kelishmovchilik masalasida murojaat qildi. Shuningdek, Adiba Abdullayeva 20-uy atrofidagi elektr simlariga tegib qolgan terak daraxtlarini kesish bo‘yicha, Dildora Axmedova esa 21-uy oldiga aholi uchun o‘rindiqlar o‘rnatish masalasida murojaat etdi.

Mazkur murojaatlar deputat tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli mas’ullarga yo‘naltirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.