Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qo'shnazarov Dilmurod Dilshod o'g'li tomonidan “Toʻqmangʻit” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oʻrganildi.
Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Kambagʻallikni qisqartirish: Ehtiyojmand oilalarning daromad manbalarini yaratish;
✅ Bandlik masalasi: Ishsiz fuqarolarni doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish;
✅ Yangi ish oʻrinlari: Mahallada tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari va ulardagi real ish oʻrinlari holati.
Deputat hokim yordamchilarining faoliyati boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi.