📌 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
🏛 Sherobod tumani hokimligi binosida 15-may – “Xalqaro oila kuni” munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi.
👥 Tadbirda Sherobod tumani hokimi U. Alimov, tuman mahallalari xotin-qizlar faollari hamda namunali oilalar ishtirok etdi. Unda oila institutining jamiyatdagi o‘rni, oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash masalalari alohida ta’kidlandi.
🎖 Tadbir davomida bir guruh namunali oilalar “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
📍 Quvonarlisi, mazkur nufuzli mukofot bilan Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari N. Saidova, Z. Eshmurodova va S. To‘rayevalar ham taqdirlandi.
🏡 Ushbu mukofot o‘z oilaviy qadriyatlariga sodiq bo‘lib, jamiyatda ibrat ko‘rsatayotgan oilalarga topshirildi.
💬 Tadbir ishtirokchilari o‘z oilaviy hayoti va tajribalari haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🤝 Tadbir jamiyatda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, oilalar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.