🏛 DEPUTAT NAZORATI: MAHALLADAGI ISHLAR HOLATI O‘RGANILDI
✅Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlarining eng muhim vazifalaridan biri — bu mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish hamda samarali deputatlik nazoratini o‘rnatishdir.
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Jumayev hamda tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar ishtirokida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
✅Deputati tomonidan quyidagi yo‘nalishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi:
✅Hokim yordamchisi faoliyati: "Mahallabay" ishlash tizimi asosida aholi muammolarini hal etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish samaradorligi.
✅Imtiyozli kreditlar: Ajratilayotgan kredit mablag‘larining maqsadli ishlatilishi va ularning real natijadorligi.
✅Tomorqa madaniyati: Aholi xonadonlarida tashkil etilgan issiqxonalar faoliyati.
✅Limonchilikni rivojlantirish: Mahallada limon yetishtirish orqali daromad topayotgan xonadonlar tajribasini ommalashtirish.
✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, namunali xo‘jaliklar tajribasini qo‘shni xonadonlarda ham joriy etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.