Янгиликлар

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan “Mumtoz Education” o'quv markazi faoliyati ko'zdan kechirildi.

#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan “Mumtoz Education” o'quv markazi faoliyati ko'zdan kechirildi.

Mazkur o‘quv markazida 300 dan ortiq o‘quvchilar tahsil olayotgani qayd etildi. Deputat tomonidan markazda yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni hamda tadbirkorlik faoliyatining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, o'quvchi yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning ta’lim olish jarayoni, erishayotgan natijalari hamda kelajakdagi maqsadlari yuzasidan fikr almashildi.

Markazda to‘g‘ridan-to‘g‘ri sertifikat orqali institut talabasi bo‘lgan yoshlar ham tahsil olayotgani alohida ta’kidlandi.

Deputat tomonidan yoshlarning sifatli ta’lim olishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 3