✅6-son Gumbaz saylov okrugidan saylangan deputat Saodat Djumanova Guliston MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro Shodiyev Zulfikor xonadoniga tashrif buyurdi.
✅ Tashrif davomida xonadondagi tomorqa yer maydonidan samarali foydalanish holati, tomorqa madaniyati, shuningdek, oilaning ijtimoiy va maishiy sharoiti o‘rganildi.
✅Suhbat jarayonida fuqaroning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
✅ Deputat tomonidan aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, tomorqadan unumli foydalanishni kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✔️ Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqot o‘rnatish, ularning dardu tashvishlarini joyida o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.