Янгиликлар

Navro‘z mahallasida zovurlar tozalanmoqda

Kengash huzuridagi Yoshlar maslahati guruhi a’zosi Sh. Uralov tashabbusi bilan Navro‘z mahallasi hududida joylashgan zovurlarni qazish va tozalash ishlari amalga oshirildi.

Mazkur tashabbus hududda suv oqimini yaxshilash, meliorativ holatni barqarorlashtirish hamda aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash tizimini yaxshilashga xizmat qiladi.

Tashkil etilgan hashar jarayonida mahalla faollari va yoshlar faol ishtirok etib, hududning sanitariya holatini yaxshilashga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish va ekologik barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2