Янгиликлар

“Yashil makon” ijrosi va ekologik nazorat masalalari muhokama qilindi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining agrar, suv xo‘jaligi va ekologik masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📈Yig‘ilishda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi ekologik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi hamda ekologik nazoratni amalga oshirish holati ko‘rib chiqildi.

❇️Mazkur masala tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi boshlig‘i S.Raimov tomonidan taqdim etildi.

❇️Hisobotda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan rejalar atroflicha bayon qilindi.

☘️Muhokama davomida hududlarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, aholi o‘rtasida ekologik ong va madaniyatni oshirish, ekologik nazoratni kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiya ilgari surildi.

Slide 1 of 4