Янгиликлар

Korrupsiyaga qarshi kurash – ustuvor vazifa!

Navbatdagi sessiyaga kiritilgan masalalarni o‘rganish uchun Korrupsiyaga qarshi va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limida korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

⚖️O‘rganish jarayonida tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish hamda xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

⚖️Shuningdek, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatni kuchaytirish, nazorat mexanizmlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

📈Korrupsiyaga qarshi kurash – bu faqat bir tashkilotning emas, balki jamiyatning umumiy mas’uliyatidir.

Slide 1 of 2