Янгиликлар

Deputat savdo do‘konlari atrofida tozalikni ta’minlashga chaqirdi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan Kamolot MFY hududidagi savdo do‘konlari faoliyati o‘rganilib, ularning atrofidagi sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi.

❇️O‘rganishlar davomida ayrim do‘konlar oldida tozalik talab darajasida emasligi aniqlanib, tadbirkorlar tozalikka, saranjom-sarishtalikka rioya etishga chaqirildi. Mavjud chiqindilar joyida bartaraf etilib, hudud tozalandi.

✅Shuningdek, savdo shoxobchalari oldini doimiy ravishda ozoda saqlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

🌿 Obod va toza hudud — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

Slide 1 of 1