Янгиликлар

Gumbaz mahallasida gaz ta’minoti muammolari o‘rganildi

Gumbaz mahallasida xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati H.Sulaymonova hamda tuman gaz xizmati xodimlari ishtirokida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning gaz ta’minoti bilan bog‘liq muammolari, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari atroflicha o‘rganildi. Aholi tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglanib, har bir masala yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, gaz sohasidagi muammolarni tizimli hal etish, aholiga sifatli xizmat ko‘rsatishni yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

🤝 Aholi bilan ochiq muloqotlar davom etadi.

Slide 1 of 1