Kelajak” MFYda 24 ta muhim masala yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Nazarova hamda kotibiyat mudiri A.Avliyakulov birgalikda “Kelajak” MFY hududida deputatlarga tavsiya etilgan 24 ta muhim masala yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida hududdagi ijtimoiy infratuzilma obyektlari, ichki yo‘llar holati, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, obodonlashtirish ishlari hamda aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolar atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
Hududdagi mavjud muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish, aholiga qulay shart-sharoit yaratish hamda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilot va mutasaddilarga amaliy tavsiya hamda topshiriqlar berildi.