Янгиликлар

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida Jo‘langar saylov okrugi deputati Umurzoq Yarlakobovning bir kunlik faoliyati tashkil etildi.

Deputat ish kunini murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qilishdan boshladi. Qabul jarayonida fuqarolardan biri ijtimoiy reyestrga kiritilishida muammolarga duch kelayotganini ma’lum qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan masala atroflicha o‘rganilib, fuqaroning ijtimoiy reyestrga kiritilmayotganligi sabablari qonunchilikda belgilangan tartib asosida tushuntirildi hamda tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2