“Tinchlik” mahallasidagi 23-maktabda yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J. Xudoyqulova, hamda tuman Kengashi deputati Q. Igamberdiyeva 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A. Ergashevga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A. Mamarajabov bilan A. Ergashevning saylov okrugiga qarashli “Tinchlik” mahallasidagi 23-umumta’lim maktabida bo‘lib, u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
⛈Tashrif davomida maktabda o‘quvchilarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar, sport jihozlari va mavjud infratuzilma ko‘zdan kechirildi.
✅Shuningdek, maktabdagi ma’naviyat burchagi faoliyati bilan tanishilib, yoshlar tarbiyasi, vatanparvarlik ruhini shakllantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#A_Mamarajabov_J_Xudoyqulova_Q_Igamberdiyeva_A_Ergashev