Bu haqda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi raisi Sh.Negmatovning bugun, 21-iyulda qabul qilgan "Xalq deputatlari viloyat Kengashining yettinchi chaqiriq, o'n beshinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi Farmoyishida ma’lum qilindi.
Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar koʻrib chiqiladi:
-Payariq tumanida “Zarbdor tajribasi” asosida drayver loyihalarni birinchi bosqichda amalga oshirish holati to‘g‘risida tuman hokimi I.Jabborovning hisoboti;
-“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining viloyatdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i S.Boboyevning hisoboti;
-“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuning viloyatdagi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i A.Egamovning hisoboti;
-Samarqand viloyati mahalliy byudjeti xarajatlarining 2025-yilda maqbullashtirish natijasida shakllangan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida;
-viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
-o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida;
-jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yilishiga ruxsat berish to‘g‘risida;
-Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Zarafshon havzasining irrigatsiya tizimini rekonstruksiya qilish” loyiha konsepsiyasi to‘g‘risida;
-Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2025-yil 25-fevraldagi “Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida” VII-7-23-7-0-K/25-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
-viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;