Pastdarg‘om tumani 45-Arabxona saylov okrugidan Xalq deputatlari Samarqand viloyat kengashiga saylangan deputat Akbar Axtamov joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida deputatlik faoliyati doirasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilari oldida axborot berdi.
Unda Akbar Axtamov saylov okrugidagi mahallalarda aholi bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar, ularda ko‘tarilgan masalalar va yechimi bo‘yicha qilingan amaliy ishlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Qayd etilganidek, saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida tegishliligiga qarab mahalliy hokimlik, korxona, tashkilot va boshqarmalar boshliqlariga deputat tomonidan qator so‘rovlar chiqarilgan.