Uchrashuvda 3-So‘zangaron saylov okrugi tarkibidagi mahallalardan kelgan xotin qizlar hamda nuroniylar ishtirok etdi.
Dastavval, deputat mazkur mahalla raisi bilan suhbatlashdi, suhbat davomida mahallaga bolalar sport maydonchasi kerakligi, mahalladagi eski simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish, chiqindilarni vaqtida olish va nogironligi bor fuqarolarning davolanishi bilan bog‘liq muammolar borligi qayd etildi.
Shuningdek, mahalla xotin - qizlari faollari, otinoyilari bilan viloyat targ‘ibot guruhi aьzolari ham suhbat olib borishdi.
Deputat N. Abdullayeva mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berdi.
Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuv, fikr va mulohazalar, takliflar hamda shukronalik tuyg‘ularini bildirish bilan samarali kechdi.