Deputat soʻrovida koʻrsatilgan masala muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati majlislar xonasida tuman Kengashi deputati I. Mamatqulov soʻrovida koʻrsatilgan Buloqboshi mahallasida yashovchi aholi tomonidan daryo suvi ifloslanishi, tomorqa suvlari bilan taʼminlash boʻyicha mavjud vaziyat deputat va tuman Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza va iqlim oʻzgarishi boʻlimi, "Zarxan qumi" MCHJ, "Shahboz tilla baligʻi" MCHJ, "Tabiiy qazilma" MCHJ ish yurituvchilari bilan muhokama qilindi. Tomonlar tinglanib muammoni bartaraf etish uchun maʼsullarga 15 kun muhlat berildi. Muhokamada soʻz olgan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov "Ekologik nazorat toʻgʻrisida"gi Qonun talablari boʻyicha tadbirkorlarga maʼlumot berdi.