Янгиликлар

Muammolarga yechim — hamkorlikda

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Safargul Rajabova 7-Yangi yo‘l saylov okrugiga kiruvchi Yangi yo'l mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat o‘zining 2025-yilning ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati yuzasidan axborot berdi hamda mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan muammolar va takliflarni tingladi. Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Uchrashuv so‘nggida deputat muntazam ravishda saylovchilar bilan muloqotni davom ettirishini, ularning murojaatlari bevosita o‘rganilib, amaliy yechim topilishini ta’minlash borasidagi faoliyatini kuchaytirishini bildirdi.