Янгиликлар

Deputatlik faoliyati

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Musayev Yoqubjon Mamadaminovich tomonidan joriy yilning 15-avgust kuni tuman hududidagi "Do'stlik" MFYda bo‘lib, mahalliy fuqarolar bilan bevosita uchrashdi hamda ularning turmush sharoitlari, muammolari va ehtiyojlarini o‘rgandi.

🖋Uchrashuv davomida deputat mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar bilan muloqot qilib, aholining dolzarb muammolarini tingladi. Xususan, yo‘lsozlik, ichimlik suvi, elektr energiyasi, sog‘liqni saqlash, maktab va bolalar bog‘chalari faoliyati bilan bog‘liq masalalar kun tartibiga qo‘yildi.

Deputat va mahalla yettiligi hamkorligida ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi va ularning bajarilishi nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati!

Slide 1 of 1