Янгиликлар

#munosabat

Tadbirkorlar uchun imkoniyat va imtiyozlar yanada kengayadi

Davlatimiz rahbarining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan 20-avgust kuni oʻtkazgan 6-uchrashuvi tavsilotlari bilan tanishar ekanman, eng avvalo Prezidentimiz nutqidagi quyidagi soʻzlar eʼtiborimni oʻziga tortdi.

“Bugun shuni faxr bilan ayta olamizki, yurtimizda yaratilayotgan har bir ish oʻrni, qad koʻtarayotgan har bir korxona, xalqimizning ogʻirini yengil qilayotgan har bir xizmat, eksport boʻlayotgan har bir mahsulot – cizning jasorat bilan qilayotgan mehnatingiz, tashabbus va izlanishingiz mahsulidir”.

Darhaqiqat, Oʻzbekiston yetakchisi soha xodimlari faoliyatini alohida eʼtirof etgani bejiz emas, tabiiyki, ushbu hayotbaxsh fikr-mulohazalar buxorolik kichik va oʻrta biznes vakillariga ham toʻla taaluqlidir.

Davlatimiz rahbarining har bir soha xodimlariga jumladan, uzoqni kо‘zlab ishlaydigan tadbirkorlarga bildiradigan bunday xolisona va haqqoniy bahosi nafaqat tadbirkorlarni balki, barcha tashabbuskor, el-yurt ravnaqi yо‘lida xalq manfaatini о‘z manfaatidan ustun quyib biladigan hamyurtlarimizni yangi marralarni qо‘lga kiritishga da’vat etishi turgan gap.

Bir sо‘z bilan aytganda, Prezidentimizning tadbirkorlar bilan navbatdagi muloqoti davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalar xalqimiz baxt-saodati yо‘lida butun kuch, bilim va mahoratimizni ishga solgan holda izchil faoliyat olib borishimizni taqozo etadi.

Slide 1 of 1