Bekobod shahrining 18-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida Xalq deputatlari shahar kengashi deputati U.Abdunazarov ,,Yangi hayotʼʼ MFY bilan hamkorlikda mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligiga bagʻishlab ,,Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" shiori ostida maʼnaviy-madaniy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda mustaqilligimizni madh etuvchi sheʼrlar aytildi, qoʻshiq va raqslar ijro etildi. Shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishiga munosib hissa qoʻshayotgan mahalla vakillariga hokimlik tashakkurnomasi topshirildi, bolajonlarga esa bayram tuhfasi sifatida muzqaymoqlar ulashildi.